Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Surxondaryoda Lacetti va Nexia ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

A A A
Surxondaryoda Lacetti va Nexia ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Surxondaryo viloyatida Lacetti ishtirokida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Hudud” informasion dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, 6 aprel kuni Jarqo‘rg‘on tumani “Oqtepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi M41 avtomobil yo‘lida Nexia hamda Lacetti avtomobillari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi.

O‘rganish davomida aniqlanishicha, Denov—Termiz yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Lacetti haydovchisi tezlikni oshirib, noto‘g‘ri quvib o‘tishni amalga oshirgani sabab qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan transport vositasi bilan to‘qnashib ketgan.

Hodisa oqibatida Nexia haydovchisi va Lacetti’ning old o‘rindig‘ida bo‘lgan yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Mashinalar ichida bo‘lgan boshqa yo‘lovchilar og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.

Kiritildi: 10:24 11.04.2023. O'qildi: 1931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!