Surxondaryo viloyati hududida ijtimoiy soha ob’ektlari hamda turar joy binolarini isitish mavsumi 2024 yilning 1 noyabr kunidan boshlanadi. Bu haqda viloyat hokimining farmoyishi e’lon qilindi.
Shuningdek, farmoyishda Termiz shahar va tumanlar hokimliklari, viloyat ijtimoiy soha tashkilotlari va kommunal soha korxonalarida shu yilning 31 oktyabrdan boshlab kechayu-kunduz ishlovchi shtablar tashkil qilinishi, ijtimoiy soha muassasalariga hamda viloyat aholisiga 2024 yil 1 dekabrga qadar ajratilgan ko‘mir mahsulotlarining to‘liq yetkazib berilishi belgilandi.