Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Surxondaryoda “g‘irrom operasiya” fosh etildi

A A A
Surxondaryoda “g‘irrom operasiya” fosh etildi

Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Ipoteka bank” ATIB Surxondaryo viloyat filialining qishloq xo‘jaligi sub’ektlariga xizmat ko‘rsatish bo‘limi sobiq boshlig‘i K.I.ning “faqat men aqlli, boshqalar go‘l” qabilida amalga oshirgan “g‘irrom operasiya”si fosh etildi.

Gap shundaki, bank xodimi tomonidan 2 ta fermer xo‘jaligi va fuqaro S.ning nomiga ajratilgan jami 44,5 mln. so‘mlik kredit mablag‘lari “F-K” fermer xo‘jaligining hisob raqamiga o‘tkazilgan. Va shu yo‘l orqali o‘ziga tegishli bo‘lmagan mablag‘ni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganligi aniqlandi. Shuningdek, bankir mazkur fermer xo‘jaligining hisob-raqamiga boshqa fermer xo‘jaliklaridan o‘tkazilgan 150,0 mln. so‘mlik pul mablag‘larining noqonuniy aylanmasini amalga oshirib, xo‘jalik manfaatlariga jiddiy zarar yetkazgan. Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan fuqaro K.I.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 3-qismi “g” bandi va  209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:18 25.08.2020. O'qildi: 3087 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik