Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Surxondaryoda davlat-xususiy sheriklik asosida 14 ta talabalar turar joylari quriladi

A A A
Surxondaryoda davlat-xususiy sheriklik asosida 14 ta talabalar turar joylari quriladi

Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filialida davlat-xususiy sheriklik asosida 400 o‘rinli talabalar turar joyi qurilmoqda. Bugun viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov mazkur oliygohda bo‘lib, talabalar turar joyining qurilish ishlari bilan tanishdi.

Shu yerning o‘zida oliy ta’lim muassasalari rahbarlari hamda qurilish sohasi mas’ullarining talabalar turar joylari qurilishi bo‘yicha axborotlari tinglandi. Mas’ullarga hozirda qurilayotgan loyihalarni muddatida foydalanishga topshirish, yangilarini qurish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqib, taqdimotga kiritish hamda tashabbuskorlarni aniqlash vazifalari topshirildi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Surxondaryo viloyatida talabalarning turar joylarga bo‘lgan ehtiyojini qoplash maqsadida 2022-2025 yillar davomida davlat-xususiy sheriklik asosida 14 ta talabalar turar joyi barpo etilishi belgilangan. Xususan, 2023 yilda 6 ta ana shunday loyiha amalga oshiriladi.

Kiritildi: 16:08 12.07.2023. O'qildi: 2229 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!