Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda 200 dollarga soxta diplom sotayotgan texnikum psixologi ushlandi

Surxondaryoda 200 dollarga soxta diplom sotayotgan texnikum psixologi ushlandi

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida texnikum o‘qituvchisi soxta diplom sotgan vaqtida ushlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qumqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Qumqo‘rg‘on Agrosanoat texnikumi psixologi Z.R. fuqaro X.ga Qumqo‘rg‘on Agrosanoat kasb-hunar kollejini 2011 yilda tamomlaganligi haqida soxta diplomni 200 AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Z.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 13:05 05.04.2021. O'qildi: 2747 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!