Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda 2 nafar maktab o‘quvchisi bir erkakni kaltaklashdi

Surxondaryoda 2 nafar maktab o‘quvchisi bir erkakni kaltaklashdi

Surxondaryoda maktab o‘quvchilari ikkita bolani kaltaklagani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirildi. Ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati IIB Matbuot xizmati izoh berdi.

Aniqlanishicha, mazkur holat joriy yilning 9 aprel kuni sodir bo‘lgan. 2006 yilda tug‘ilgan B.N. va M.N.lar oldindan o‘zaro jinoiy til biriktirib 59-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining oldidagi yo‘lda o‘ziga oldindan tanish bo‘lmagan 2001 yilda tug‘ilgan X.J. bilan hech bir sababsiz tortishib, janjallashgan.

Janjal vaqtida voyaga yetmagan B.N. va M.N.lar qo‘llari bilan X.J.ni duch kelgan joylariga urib, oyoqlari bilan yuziga tepib, tan jarohati yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan B.N. va M.N. larga nisbatan JKning 277-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 14:53 16.05.2024. O'qildi: 976 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!