Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Surxondaryoda 17 nafar uddaburon “tadbirkor”ning tovar moddiy boyliklari vaqtincha olib qo‘yildi

Surxondaryoda 17 nafar uddaburon “tadbirkor”ning tovar moddiy boyliklari vaqtincha olib qo‘yildi

Yurtimizda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish va qulay raqobatdosh muhitni yaratish borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Eng avvalo, tadbirkorlarning huquq va manfaatlari qonun bilan himoyalanib, imkoniyatlar ko‘lami tobora kengaymoqda.

Ammo berilayotgan imtiyozlar va yengilliklarga qaramay, noqonuniy tarzda tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan shaxslar ham yo‘q emas.

Surxondaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi va hududiy davlat soliq inspeksiyalari xodimlari tomonidan oktyabr oyining birinchi o‘n kunligida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 17 nafar jismoniy shaxslarning 79 mln. 214 ming so‘mlik tovar moddiy boyliklari daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi.

Jumladan, Sho‘rchi tumanidagi Shakarko‘l mas’uliyati cheklangan jamiyati savdo do‘konida o‘tkazilgan nazorat tadbirida J. T. hech qanday hujjatlarsiz faoliyat yuritib, 41 mln. 970 ming so‘mlik nooziq-ovqat mahsulotlarini savdoga qo‘yganligi aniqlandi.

Bu haqda Surxondaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi Soliq sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi boshlig‘i A. Karimov tomonidan ma’lum qilindi.

Shuni unutmaslik kerakki, belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolarning huquq va manfaatlari qonun himoyasida. Noqonuniy tarzda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yayotgan uddaburon “tadbirkorlar” esa qonun oldida javob berishlariga to‘g‘ri keladi.

Manba: xs.uz

Kiritildi: 18:35 12.10.2018. O'qildi: 1245 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!