Amerika fuqarolarining aksariyati AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan joriy etilgan bojxona to‘lovlari ularning moliyaviy ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatdi, deb hisoblaydi.
“The Harris Poll” tadqiqot xizmati tomonidan Bloomberg agentligi uchun o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijalari shundan dalolat bermoqda .
Tadqiqotga ko‘ra, respondentlarning 56 foizi Trampning tarif siyosatisiz oila byudjeti yaxshi bo‘lardi, deb hisoblaydi. Respondentlarning 52 foizi AQSh hukumati va’da qilgan kelajakdagi imtiyozlar hozirgi iqtisodiy muammolarga arzimaydi, deb hisoblaydi. Amerikaliklarning 69 foizi tariflar natijasida narxlar oshishini kutishgan.
So‘rov 8-10 may kunlari o‘tkazildi va unda 2000 dan ortiq amerikalik ishtirok etdi.