Turkish Airlines 23 yanvardan Damashqqa parvozlarini qayta tiklaydi. Aviatashuvchi haftasiga uch marotaba parvozlarni amalga oshiradi. Aviakompaniya Suriya hukumati tomonidan mamlakatga kirish taqiqlanganlarning to‘liq ro‘yxatini e’lon qildi:
- yo‘lovchilar o‘zlarining Suriya fuqarosi ekanini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari kerak;
- Isroil va Eron fuqarolarining Suriyaga kirishi taqiqlanadi;
- Livan fuqarolarining agar ota-onalaridan biri Suriya fuqarosi yoki mamlakatda yashash huquqini beruvchi ruxsatnomaga yoki boshqa davlat vizasiga ega bo‘lsa, kirishlari mumkin;
- jurnalistlar Suriyaga kirish uchun maxsus ruxsatnoma olishlari kerak.