Suriyaning Bayrutdagi elchixonasi hokimiyatdan ag‘darilgan yetakchi Bashar Asadning qarindoshlariga soxta pasport berganlikda gumon qilinib, faoliyatini to‘xtatdi. Bu borada elchixona rasmiy bayonot berdi.
“Suriya Arab Respublikasining Bayrutdagi elchixonasi ma’lum qiladiki, elchixona faoliyati Tashqi ishlar vazirligi ko‘rsatmasi bo‘yicha vaqtincha to‘xtatilgan”, — deyiladi xabarda.
Konsullik operasiyalarining to‘xtatilishi sabablari haqida ma’lumot berilmagan.
Livan xavfsizlik manbalari Suriya elchixonasi hokimiyatdan ag‘darilgan Bashar Asadning amakivachchasining rafiqasi va qiziga soxta pasport berilgani bo‘yicha konsullik faoliyatini to‘xtatganini aytdi.
Livan matbuoti xabarlariga ko‘ra, Asadning amakisi Rifoat Asadning o‘g‘li Dureyd Asad, uning rafiqasi Xuzayma va qizi Shamsning pasportlari muddati o‘tib ketganligi sababli Livanga yashirincha kirib kelishgan va elchixonada tezda Misrga ko‘chib o‘tish uchun qalbaki pasportlar tayyorlashga katta miqdorda pul to‘laganlar.