Bugun 17 yanvar, 2025 yil, juma

КИР

Suriyaning amaldagi yetakchisi: “Isroil bahona qilyapti, ketishi kerak”

Suriyaning amaldagi yetakchisi: “Isroil bahona qilyapti, ketishi kerak”

Suriyaning amaldagi yetakchisi Ahmad al-Shara Damashq Isroil bilan chegaradagi bufer zonaga BMT tinchlikparvar kuchlarini joylashtirishga tayyorligini aytdi.

«Isroil Suriyada Eron qurolli kuchlarining mavjudligini ro‘kach qilib, bufer zonaga kirib keldi. Damashqda eski rejim qulaganidan keyin endi bunday bahonalar o‘tmaydi.

Isroil bostirib kirishidan oldingi holatni tiklash uchun BMT kuchlarini bufer zonada kutib olishga tayyormiz», dedi u Reuters agentligiga.

Unga ko‘ra, Isroil ularni bufer zonadagi harakatlar uchun bahona sifatida ishlatmoqda.

Dekabr oyi boshida Isroil Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilgani haqidagi xabarlar ortidan mintaqa aholisini himoya qilish zarurligini bahona qilib, bufer zonaga va Golan tepaliklaridagi pozisiyalarga qo‘shinlarini yuborgan edi.

Kiritildi: 21:38 16.01.2025. O'qildi: 929 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!