Bugun 28 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Suriyadagi to‘qnashuvda halok bo‘lganlar soni 1300 nafarga yaqinlashdi

Suriyadagi to‘qnashuvda halok bo‘lganlar soni 1300 nafarga yaqinlashdi

Suriya janubidagi As-Suvayda viloyatida 13 iyuldan beri davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar qurbonlari soni 1265 nafarga yetdi.

Bu haqda Elnashra axborot portali tibbiy manbalarga tayanib xabar bermoqda. Unga ko‘ra, bir sutkada halok bo‘lganlar soni 146 nafarga ko‘paygan.

Eng katta yo‘qotishlar druzlarning o‘zini-o‘zi mudofaa bo‘linmalari safida qayd etilgan - 78 jangchi, bir kunda ular 427 dan 505 kishiga ko‘paygan. Tinch aholi orasida halok bo‘lganlar soni o‘zgarmadi - 298.

Barqarorlikni tiklash uchun Damashqdan janubiy viloyatlarga yuborilgan Ichki ishlar va Mudofaa vazirligining maxsus kuchlari 54 nafar harbiyni yo‘qotdi, ularning saflarida bir kunda halok bo‘lganlar soni 354 nafardan 408 nafarga yetdi. Arab qabilalarining hukumatparast tuzilmalarida yo‘qotishlar 21 nafardan 35 nafar milisiyaga ko‘tarildi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil havo hujumlarida ichki xavfsizlik kuchlarining 19 nafar xodimi halok bo‘lgan edi.

Kiritildi: 10:00 22.07.2025. O'qildi: 718 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!