Bugun 15 yanvar, 2025 yil, chorshanba

КИР

Suriyadagi misrlik muxolifatchi Sisiga tahdid qildi

Suriyadagi misrlik muxolifatchi Sisiga tahdid qildi

13 yanvar kuni Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiga qarshi yangi tahdidlar tarqaldi. Suriya muxolifatining faoli Ahmad al-Mansur ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlarida «Navbat senga, diktator» xeshtegidan foydalanib, as-Sisini Bashar Asadning taqdirini takrorlashi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

"Arabi21" ma’lumotlariga ko‘ra, al-Mansurning otasi va amakisi, bir necha qarindoshlari Misrda hibsga olingan. Bu voqea uning muxolif munosabatini yanada kuchaytirib, as-Sisidan zudlik bilan iste’foga chiqish, armiyani siyosatdan uzoqlashtirish va siyosiy mahbuslarni ozod qilishni talab qilishga sabab bo‘ldi.

Misr ichki ishlar vazirligi favqulodda yig‘ilish o‘tkazib, al-Mansur kampaniyasiga qarshi choralar ko‘rishni muhokama qildi. Milliy xavfsizlikka tahdid eng yuqori darajaga ko‘tarildi.

Al-Mansur, shuningdek, inflyasiya, valyuta tanqisligi va tashqi qarzlarning ortib borishi sababli Misr iqtisodiyotining og‘ir ahvolini tanqid qilmoqda. Prezidentga qarshi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan murojaatlar va hukumatga nisbatan keskin fikrlar ortib bormoqda.

Kiritildi: 23:25 13.01.2025. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!