Suriyadagi PKK terrorchi tashkiloti guruhlari yo qurollarini tashlaydi, yoki dafn etiladi — Rajab Toyyib Erdo‘g‘on. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Turkiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Anqara Suriyadagi terrorchilik tashkilotlarini, birinchi navbatda, ISHID va Kurdiston ishchilar partiyasini yo‘q qilishga qat’iy qaror qilgan.
"Bu ikkala guruh ham Turkiya va Suriyaning omon qolishiga tahdid soladi. Ayirmachi-jinoyatchilar yo qurollarini tashlaydi yoki qurollari bilan birga Suriya tuprog‘ida dafn etiladi. Biz bilan kurd birodarlarimiz orasiga qonli devor qurmoqchi bo‘lgan terror tashkilotini yo‘q qilamiz", — deya ta’kidladi Erdo‘g‘on.