Suriya Moliya vazirligi Rossiya, Eron va Isroildan tovarlar importini taqiqladi. Bu haqda Al Arabiya xabar berdi.
Agar ushbu uch davlatdan mahsulotlar aniqlansa, ularni musodara qilish ko‘zda tutilgan.
Iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi hukumat dollar operasiyalariga ruxsat berganini e’lon qildi va yagona bojxona to‘lovlarining yangi to‘plamini 50 foizdan 60 foizgacha pasaytirish bilan tasdiqladi, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, hukumatning bu qarori Suriyaga boshqa mamlakatlar, jumladan, AQShdan import oqimiga yo‘l ochdi.
Hozirgi kunda Damashqdagi do‘konlar «import qilinayotgan mahsulotlar bilan to‘lgan: turkcha shisha suv va Saudiya oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib, Twix va Snickers kabi g‘arbiy shokoladlar, shuningdek, Pepsi va boshqa xalqaro brendlar ichimliklariga qadar».
Suriyaning yangi hokimiyati qabul qilgan qaror mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun xom ashyo importini yengillashtiradi va sanoatni rag‘batlantiradi.