Suriya sharqidagi Dayr-az-Zor viloyatidagi Al-Mayadin shahrida polisiya bo‘limi oldida sodir bo‘lgan portlashda uch polisiyachi halok bo‘ldi, yana ikki nafari jarohat oldi.
Bu haqda SANA agentligi xabar bermoqda.
Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, dastlabki tergov va voqea joyini ko‘zdan kechirish natijalari avtomobilga o‘rnatilgan portlovchi qurilma ishga tushganini ko‘rsatdi.
Hodisa oqibatida kamida uch nafar jamoat xavfsizligi xodimi halok bo‘ldi va bir necha kishi yaralandi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda.