Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Suriyada ISHID yetakchisi o‘ldirildi

Suriyada ISHID yetakchisi o‘ldirildi

Xalqaro koalisiya kuchlarining Arab Respublikasi shimoli-g‘arbida o‘tkazgan amaliyoti natijasida Suriyadagi tashkilotga aloqador yacheykalarni boshqargan ISHID guruhi yetakchilaridan biri yo‘q qilindi.

Bu haqda Al-Ikhbaria telekanaliga Suriya xavfsizlik xizmatidagi manba ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, Ali laqabli Iroq fuqarosi Saloh Numan Idlib viloyati shimolidagi Atma qishlog‘ida yashiringan. Koalisiya bo‘linmalari uyga havodan zarba berib, binoni o‘rab oldi. Ekstremist qochishga uringan, biroq voqea joyida otib o‘ldirilgan.

Operasiyada Suriya va Iroq xavfsizlik kuchlari ishtirok etgani ta’kidlandi.

Kiritildi: 08:30 21.08.2025. O'qildi: 1184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!