Bugun 9 yanvar, 2025 yil, payshanba

КИР

Suriyada davlat xizmatchilarining ish haqi 400 foizga oshiriladi

Suriyada davlat xizmatchilarining ish haqi 400 foizga oshiriladi

Suriya moliya vazirligi favqulodda choralar sifatida vazirliklarni ma’muriy qayta qurish tugagandan so‘ng, ya’ni keyingi oydan davlat sektori xodimlarining ish haqini 400 foizga oshirishga qaror qildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ish haqining oshishi mavjud davlat resurslari, shuningdek, mintaqaviy yordam, investisiyalar va Suriyaning xorijdagi aktivlarini muzdan tushirish harakatlari hisobidan moliyalashtiriladi. Rasmiylar bunga taxminan 127 million dollar sarflashni rejalashtirmoqda.

“Bu mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatni hal qilish yo‘lidagi birinchi qadamdir”, – dedi Suriyaning yangi hukumati moliya vaziri Muhammad Abazid.

Dekabr oyi oxirida The Wall Street Journal (WSJ) Suriyaning yangi hukumati urushdan vayron bo‘lgan iqtisodiyotni tiklashga harakat qilayotganini, ammo sanksiyalar va neft konlari ustidan nazoratni yo‘qotish bilan bog‘liq muammolarga duch kelayotganini yozgan.

WSJ nashrida ta’kidlanishicha, mamlakatda hokimiyatga kelgan “Hayat Tahrir ash-Sham” guruhi Suriyada erkin bozor qurishni, neft sanoatini jonlantirishni va xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Kiritildi: 18:52 06.01.2025. O'qildi: 809 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!