O‘rta yer dengizi sohilidagi Tartus shahri (Damashqdan 220 km uzoqlikda) va uning atrofida sobiq tuzum tarafdorlarini ta’qib qilayotgan Suriya o‘tish davri hukumati xavfsizlik kuchlari pistirmaga uchradi, 14 jangari halok bo‘ldi.
Bu haqda SANA agentligiga mamlakat ichki ishlar vaziri Muhammad Abdel Rahmon ma’lum qilgan.
"Tartus yaqinidagi hududlardan birida tartibni saqlash bo‘yicha operasiya o‘tkazilayotganda huquq-tartibot idoralari xodimlari qurolli elementlar tomonidan pistirmaga uchragan”, - dedi u.
U hokimiyat barqarorlik va fuqarolar tinchligini saqlash uchun bor kuchini ayamasligini ta’kidladi.
Avvalroq Tartusda sobiq tuzumning yuqori martabali zobitini qo‘lga olish chog‘ida to‘qqiz nafar xavfsizlik kuchlari halok bo‘lgan edi. Ushbu port shahrida, shuningdek, Latakiya, Jebla va Xomsda chorshanba kuni alaviylar - Suriyadagi diniy ozchilik vakillarining norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi va ular polisiyaga hujumlar bilan birga bo‘ldi.