Bu haqda o‘tish davri hukumatidagi ta’lim vaziri Nazir al-Qodiriy Qatar telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi Al-Jazira.
“Hukumat ta’limni bepul qilish tarafdori, bu har bir suriyalikning huquqidir. Biz Suriya xalqining orzu-umidlariga mos keladigan yangi ta’lim loyihasi ustida ishlayapmiz”, dedi u.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Suriyada 350 ming o‘qituvchi bor. “Suriyalik o‘qituvchining oylik maoshi atigi 20 dollar. Uni oshirish choralari ko‘rilmoqda”, - dedi al-Qodiriy.
“Bizga mamlakatning avvalgi rahbariyatidan og‘ir meros qolgan va biz o‘zgartirishlar kiritish va ta’lim dasturlarini ishlab chiqish ustida ishlayapmiz”, deb ta’kidladi vazir.