Don va yog‘li o‘simliklar yetishtirish va eksport qilish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri bo‘lgan Ukraina Bashar al-Assad rejimi ag‘darilganidan keyin Suriyaga oziq-ovqat yetkazib berishni boshlashga tayyorligini bildirdi.
Asad davrida Suriya Rossiyadan oziq-ovqat import qilgan, ammo yangi rahbarlik davrida Moskva va Damashqning kelajakdagi munosabatlari noaniqligicha qolmoqda.
Avvalroq rossiyalik va suriyalik manbalar yangi hukumat bilan bog‘liq noaniqlik va to‘lovlar kechikishi tufayli Suriyaga Rossiya bug‘doy yetkazib berish to‘xtatilgani haqida OAVga xabar bergan edi.
«Qaerda qiyin bo‘lsa, ovqatimiz bilan birga bo‘lishimiz kerak. Biz ta’minotga tayyormiz, agar Suriyaga oziq-ovqat kerak bo‘lsa, biz yordam beramiz», — dedi Ukraina qishloq xo‘jaligi vaziri Vitaliy Koval Reuters agentligiga bergan intervyusida.