Suriya yetakchisi Ahmad al-Shara Jewish Journal nashriga bergan intervyusida Isroil bilan munosabatlar eski adovatlar va zarbalar almashish asosida qurilmasligi kerakligini aytdi .
Al-Sharaning aytishicha, Suriya va Isroilning umumiy dushmanlari bor va ikki davlat birgalikda mintaqani barqarorlashtirishga katta hissa qo‘shishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil va Suriya o‘zaro hurmat va tinch aholini himoya qilish uchun 1974-yilda imzolangan sulh bitimiga tayanishi kerak.
U Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish haqida gapirmadi, faqat xalqaro huquq va suverenitetni hurmat qilish asosidagi muzokaralarga tayyor ekanligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, al-Shara Suriya jiddiy chet el ta’siriga qaramay, birovning o‘yinida piyoda emas, mustaqil davlat bo‘lishi kerakligini aytdi. U 2011-yilda boshlangan fuqarolar urushi tufayli mamlakatni tark etgan barcha suriyaliklarning qaytishini kutayotganini ta’kidladi.