Bugun 6 yanvar, 2025 yil, dushanba

КИР

Suriya qamoqxonasining sobiq boshlig‘i 100 yildan ko‘proq muddatga qamalishi mumkin

Suriya qamoqxonasining sobiq boshlig‘i 100 yildan ko‘proq muddatga qamalishi mumkin

Damashq markaziy qamoqxonasining sobiq boshlig‘i Samir Usmon al-Shayx mahkumlarni qiynashda ayblanmoqda, qilmishi uchun 100 yildan ortiq muddatga qamalishi mumkin. Bu haqda Fox News telekanali xabar berdi.

72 yoshli ayblanuvi Suriyadagi qamoqxonani 2005–2008 yillarda boshqargan. Sud keltirgan dalillarga ko‘ra, u qo‘l ostidagi xodimlardan «siyosiy va boshqa tutqunlarga og‘riq va azob berish»ni talab qilgan.

Samir Usmon al-Shayx 2020 yilda AQShga ko‘chib ketgan, oradan uch yil o‘tib fuqarolik berishni so‘rab murojaat qilgan. Qo‘shma Shtatlarda yashash huquqiga ega bo‘lish uchun sodir etgan jinoyatlarini yashirgan.

Kiritildi: 13:14 13.12.2024. O'qildi: 991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!