Birlashgan Arab Amirliklari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarda keskinlik kuchayib borayotgan bir paytda Isroil va Suriya o‘rtasidagi bilvosita aloqalar uchun aloqa kanalini yaratdi.
Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar xavfsizlik va razvedka masalalariga qaratilgan hamda Suriya va Isroil o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.
Qayd etilishicha, aloqa kanalini yaratish Suriya o‘tish davri prezidenti Ahmad ash-Shar’aning 13 aprel kuni BAAga rasmiy tashrifidan bir necha kun o‘tib boshlangan.