Bugun 11 sentyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Suriya hukumati o‘zgargandan so‘ng Yevropadan boshpana so‘ragan suriyaliklar soni kamaydi

Suriya hukumati o‘zgargandan so‘ng Yevropadan boshpana so‘ragan suriyaliklar soni kamaydi

Suriyaliklar sonining sezilarli darajada kamayishi tufayli Yevropa Ittifoqida 2025 yilning birinchi olti oyida boshpana so‘rab murojaat qilinganlar soni 23 foizga qisqardi.

Bu haqda Yevropa boshpana agentligi (EUAA) ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, suriyaliklar Yevropa Ittifoqining 27 davlati, shuningdek, Shveysariya va Norvegiyadan boshpana so‘rash uchun 25 mingga yaqin ariza topshirgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 66 foizga kamdir.

Hisobotda qochqinlar sonining o‘zgarishi Yevropa davlatlarining migrasiya siyosatidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ekanligiga shubha bildirilgan. Sababi Suriyada 2024 yil dekabrida hukumat almashgan.

"Suriyaning yangi hukumati barqarorlik va rekonstruksiyani tarafdori ekan, ko‘pchilik suriyaliklar uylariga qaytishdan umidvor bo‘lishdi" - deyiladi EUAA hisobotida.

Kiritildi: 14:15 08.09.2025. O'qildi: 506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!