Bugun 27 dekabr, 2024 yil, juma

КИР

Suriya Erondan Asad rejimini qo‘llab-quvvatlagani uchun 300 milliard dollar tovon puli talab qiladi

Suriya Erondan Asad rejimini qo‘llab-quvvatlagani uchun 300 milliard dollar tovon puli talab qiladi

Suriyaning yangi hukumati Erondan mamlakatning sobiq prezidenti Bashar al-Assadni qo‘llab-quvvatlagani uchun 300 milliard dollar to‘lashni talab qilib, xalqaro sudlarga da’vo arizasi kiritmoqchi.

Bu haqda Suriyadagi yangi siyosiy ma’muriyati xabar berdi.

“Suriya ma’muriyati Erondan Suriya xalqi va davlatiga Tehronning Suriya xalqi va infratuzilmasiga nisbatan jinoiy va o‘zboshimchalik harakati hamda siyosati natijasida yetkazilgan zarar uchun 300 milliard dollar tovon to‘lashini talab qiluvchi memorandum tayyorlash ustida ishlamoqda”, — deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, ayni damda Suriya va Eronning yangi hokimiyatlari o‘rtasidagi diplomatik aloqalar to‘liq uzilgan va Suriyaning amaldagi ma’muriyati ularni yaqin kelajakda tiklashni rejalashtirmagan.

Kiritildi: 09:23 26.12.2024. O'qildi: 577 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!