Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Sun’iy intellekt O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

Sun’iy intellekt O‘zbekistonga 2,9 mlrd so‘m soliq to‘ladi

2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya davlat byudjetiga 78,2 mlrd so‘m soliq to‘ladi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 42 foizga ko‘p bo‘lib, to‘lovlarning asosiy qismi yirik IT-gigantlar hissasiga to‘g‘ri keldi.

O‘zbekiston Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning birinchi yarim yilligida mamlakatda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 72 ta xorijiy kompaniya 78,2 mlrd so‘m miqdorida soliq to‘ladi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 42 foiz yuqori.

Ma’lumotlarga ko‘ra, to‘langan soliqlarning 94 foizi 10 ta yirik xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi. Ularning orasida
Meta – 22,6 mlrd so‘m,
Apple – 22,1 mlrd so‘m
Google – 19,4 mlrd so‘m bilan yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek:
OpenAI – 2,9 mlrd so‘m,
Booking.com – 1,9 mlrd so‘m,
TikTok – 1,8 mlrd so‘m,
Netflix – 896,2 mln so‘m,
Acca – 797,1 mln so‘m, Zoom – 786,7 mln so‘m
Adobe – 530,8 mln so‘m to‘lov amalga oshirgan.

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy yuridik shaxslar O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, har chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotini taqdim etishi va to‘lovni amalga oshirishi shart.

Soliq qonunchiligida bu talablar O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 281-moddasida belgilangan. Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumoticha, xorijiy IT-kompaniyalar tomonidan to‘langan soliqlar davlat byudjeti tushumlarini oshirish bilan birga, raqamli xizmatlar bozorida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Kiritildi: 16:35 04.08.2025. O'qildi: 1144 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!