Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Sun’iy intellekt: O‘zbekistonda yangi imkoniyatlar

Sun’iy intellekt: O‘zbekistonda yangi imkoniyatlar

“Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-358-son, 14.10.2024 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi:

Sun’iy intellekt texnologiyalarini 2030 yilga qadar rivojlantirish bo‘yicha erishish lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar, shu jumladan:

sun’iy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSh dollariga yetkazish;

YAIDXP (my.gov.uz) da sun’iy intellekt asosida ko‘rsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) O‘zbekistonni birinchi 50 ta o‘rindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

2025 yil 1 sentyabrgacha loyihalar va ilmiy-amaliy tadqiqotlarni zarur ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq barcha axborot xavfsizligi choralarini ko‘rgan holda “katta ma’lumotlar” bazasi yaratiladi.

2026 yil 1 maygacha sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish loyihalari doirasida ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan hisoblash quvvatlari ishga tushiriladi.

Kiritildi: 12:16 18.10.2024. O'qildi: 781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!