Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

So‘nggi kunlarda Turkiya fuqarosi Ummuxan O‘zden tomonidan o‘zbek ayollari sha’niga aytilgan nomaqbul so‘zlar keng jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

So‘nggi kunlarda Turkiya fuqarosi Ummuxan O‘zden tomonidan o‘zbek ayollari sha’niga aytilgan nomaqbul so‘zlar keng jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

So‘nggi kunlarda Turkiya fuqarosi Ummuxan O‘zden tomonidan o‘zbek ayollari sha’niga aytilgan nomaqbul so‘zlar keng jamoatchilik orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Ta’kidlash joizki, U.O‘zden tomonidan bildirilgan salbiy fikrlar uning shaxsiy qarashlari bo‘lib, bu qardosh turk xalqining millatimizga nisbatan munosabatini anglatmaydi.

Shu sababdan ushbu holat ikki birodar xalqlar o‘rtasidagi oliy darajadagi do‘stlik hamda mustahkam hamkorlik aloqalariga ta’sir o‘tkazmasligiga ishonamiz.

Qolaversa, har bir davlat o‘z xalqining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish huquqiga ega ekanligidan foydalanib, Turkiya Respublikasi vakolatli idoralari bilan U.O‘zdenning ushbu xatti-harakatiga huquqiy baho berish yuzasidan tegishli ishlar amalga oshirilayotganini ma’lum qilamiz.

Kiritildi: 13:44 22.11.2024. O'qildi: 985 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!