7 sentyabr kuni Turkiya hukumati o‘rta asrlarda yashab o‘tgan sultonni "Tvitter"da haqorat qilgan jurnalist Oktay Kandemirni hibsga oldi.
Oktay Kandemirning Al-Arabiyaga aytishicha,u Usmonli turklar tarixini hajviya qilganlikda ayblanayotgan tviti uchun hibsga olindi va uning uyi tintuv qilindi.Hozirda Kandemirga “o‘lgan odamning xotirasini haqorat qilish” bo‘yicha ayblov qo‘yilmoqda.
Mazkur jurnalist 3 sentyabr kuni "Tvitter"da tarixiy drama haqida yozgan. Mazkur serial Turkiya hukumatining TRT nomli axborot agentligi tomonidan ishlab chiqarilgan.
“Hukumat mazkur tvit 1280 yillarda vafot etgan sulton Ertug‘rul G‘ozini haqorat qilganini ta’kidlamoqda” deydi Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi. Ertug‘rul G‘ozi Usmonli turklar imperiyasi asoschisi Usmonxon birinchining otasi hisoblanadi.
Kandemirning aytishicha, uning bu tviti tarixiy shaxslarni haqorat qilish uchun emas, balki, televizion serialni hajv qilish uchun yozilgan. Agar Kandemir aybdor deb topilsa, unga ikki yillik qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Kandemirning o‘zi sud adolatli tarzda bo‘lishidan umid qilmayapti va unga qo‘yilgan ayblov jurnalistlarni bosim ostida ushlab turish uchun qilingan urinish bo‘lganini aytmoqda.
“Adolatli sud bo‘lishi imkonsiz. Chunki, Turkiyada sud tizimi kimlardir tomidan nazorat qilinadi” deydi Kandemir.
Kandemirning kompyuteri Turkiya hukumati tomonidan musodara qilingan va uning chet elga chiqishi taqiqlangan.