Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

“Sulh” deb atalgan dramaning 5000-chi qismi!

“Sulh” deb atalgan dramaning 5000-chi qismi!

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk va Belgorod viloyatlariga yorib kirishga urinishlari haqida bayonot berdi.

Harbiy idora ma’lumotiga ko‘ra, Putin tomonidan taklif etilgan “sulh” boshidan beri beri Ukraina o‘t ochishni to‘xtatish rejimini 5026 marta buzgan.

Bundan tashqari, Belgorod viloyati ma’muriyati binosiga dron hujum qilishi natijasida ikki kishi jarohat olgani xabar berildi.

Viloyat gubernatori Vyacheslav Gladkovn dron binoning yuqori qismiga, oxirgi qavatdan bir oz yuqoriroq joyga urilgani aks etgan videoni e’lon qildi.

Gubernatorning aytishicha, hujum oqibatida ikki kishi yaralangan. Ulardan biri Rosgvardiya xodimi, ikkinchisi esa gubernator o‘rinbosari Aleksandr Lorens.

Ukraina Kursk va Belgorod viloyatlariga yorib kirishga urinishlar haqidagi xabarlarga izoh bermagan.

Kiritildi: 16:39 09.05.2025. O'qildi: 880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!