Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

“Sukuting bizni o‘ldiryapti, BMT!”

“Sukuting bizni o‘ldiryapti, BMT!”

Yaman poytaxti Sanoda norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Unda qatnashgan ayollar va bolalar “Tinchlik qani?”, “Sukuting bizni o‘ldiryapti, BMT!” degan yozuvlarni ko‘tarib olgan edi. Bu haqda “Evronyus” xabar bermoqda.

Namoyish BMT vakolatxonasining oldida bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalisiya aviazarbalari to‘xtatilishini talab qildi. O‘tgan hafta koalisiya aviazarbasi natijasida 51 kishi halok bo‘ldi, ulardan 40 nafari bolalar edi.

Saudiya Arabistoni hukumati koalisiyaning harakati qonuniy bo‘lganini va tinch aholi vakillari nishonga olinmasligini bildirdi. Bu fikrni BAA qo‘llab-quvvatladi.

“Urush qurbonlarsiz bo‘lmaydi. Afsuski, men buni tan olishim kerak. Bu yerda o‘tirib olgancha biz olib borayotgan urush qurbonlarsiz bo‘lishini ayta olmayman”, – dedi BAA Tashqi ishlar vaziri Anvar Gargash.

Eslatib o‘tamiz, Yamanda to‘rt yildan beri hukumat kuchlari va isyonchi shia husiylarning “Ansar Alloh” harakati o‘rtasida qarama-qarshilik davom etmoqda. Mamlakat hukumatiga Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalisiya yordam bermoqda.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 15:19 14.08.2018. O'qildi: 1284 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!