Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

«So‘g‘diyona» va «Neftchi» g‘alaba qozondi

A A A
«So‘g‘diyona» va «Neftchi» g‘alaba qozondi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 9-turining navbatdagi kuni qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi. Farg‘onada «Neftchi» va «OKMK» jamoalari o‘zaro raqobatlashgan o‘yin 1:0 hisobida yakunlandi.

O‘yindagi yagona golni Jasur Jaloliddinov jarima zarbasidan kiritdi. Shuni ta’kidlash lozimki, Jasur uchrashuvda 11 metrlik jarima to‘pidan unumli foydalana olmagan edi. Shu tariqa, «Neftchi» ushbu g‘alabadan keyin ochkolar sonini 14 taga yetkazib oldi va 6-o‘rinni egalladi.

Shuningdek, ushbu turda «So‘g‘diyona» va «Bunyodkor» jamoalari o‘zaro raqobatlashdi. Bu o‘yinda mezbonlar yirik 4:0 hisobida zafar quchdi.

O‘yinda Lyupche Doriyev xet-trik muallifiga aylandi. To‘rtinchi golni Nodirjon Soyibov chiroyli tarzda poytaxt klubi darvozasiga joylab qo‘ydi. «So‘g‘diyona» bu g‘alabasi evaziga ochkolarini 14taga yetkazib, beshinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Bugun, 27 may kuni Superliganing 9-turiga «Surxon» va «Lokomotiv» klubi o‘rtasidagi o‘yin yakun yasab beradi. Bahs «Lokomotiv» stadionida soat 19:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 14:59 27.05.2024. O'qildi: 999 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!