Bugun 28 sentyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi ochiq tanlov shaklidagi yig‘ilishida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi ochiq tanlov shaklidagi yig‘ilishida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Sudyalar oliy kengashining navbatdagi ochiq tanlov shaklidagi yig‘ilishida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqida Daryo nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, 21 iyun kuni Sudyalar oliy kengashining ochiq tanlov shaklidagi navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Unda Kengash vakolatiga doir qator masalalar, xususan, ayrim sudyalarni muqobillik asosida vakolati muddati davriga qayta tayinlash, vakolat muddati yakuniga yetganlarni ushbu lavozimda bo‘lishning navbatdagi muddatiga tayinlash masalasi ko‘rib chiqilgan. Qisqa tanaffuslar bilan olti soatdan ko‘proq davom etgan jarayon yakunida barcha masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilingan.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

  • Firuzjon Yodgorov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Ozodjon Novruzov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Dilfuza Murodova – sudyalik vakolati muddati davriga Buxoro viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiyo‘l tumanlararo sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Yashin Omonov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Koson tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Narzulla Muratov – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Shavkat Tavbayev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Samarqand viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlansin va shu munosabat bilan Samarqand viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • G‘olibjon Vohidov – sudyalik vakolati muddati davriga Samarqand viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Anvar Shukurov – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Zarafshon tumanlararo sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Zuhriddin Mavlonov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Denov tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Samad Suvonqulov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Alisher O‘ralov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Buxoro viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Romitan tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Otabek Mustafayev – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent tuman sudining sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qamashi tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Furqat Rahmonov – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Mirzoxid Xayitov – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Nurota tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Egamnazar Abdullayev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Mingbuloq tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Namangan shahar sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi:
  • To‘lqin Abdiraimov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Sho‘rchi tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Otabek Karimov – sudyalik vakolati muddati davriga Surxondaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qiziriq tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Suyun Bo‘tayev – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Angor tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi;
  • Sanjar Qo‘chqarov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Shoxdiyor Shermatov – sudyalik vakolati muddati davriga Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Asror Mahammadiyev – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Farrux Amanov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Farg‘ona viloyati Qo‘qon tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi;
  • Dilshodjon Ubaydullayev – sudyalik vakolati muddati davriga Farg‘ona viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Andijon viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Shuningdek:

  • Fazliddin Allayorov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Termiz tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  • Elvira Xamrayeva – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirobod tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  • Behzod Shermatov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Navoiy viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
  • Bahrom Berdiyev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining sudyasi lavozimiga;
  • Xayrullo Abdullayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Buxoro viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
  • Ulfat Homidov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Samarqand viloyati Samarqand shahar iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Sarvar Qulto‘rayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyati Termiz tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Bekzod Jumayev – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik, shundan besh yil muddatga Navoiy viloyati Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga;
  • Asqar Mamaraimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimiga;
  • Xanjar Hakimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Surxondaryo viloyat ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;
  • Qodirjon Tojimatov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Andijon tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;
  • Nabi Rayimov – sudyalik lavozimida bo‘lishning navbatdagi o‘n yillik muddatiga Jizzax viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha G‘allaorol tuman sudining sudyasi lavozimiga tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil sentyabr oyida O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq, beshta viloyat sudlarining raislari o‘zgargandi. Bundan oldin O‘zbekistonda 6 nafar sudya lavozimida o‘zgarish ro‘y bergani, Qashqadaryoda fuqaro nogironlik nafaqasini ololmay qolganiga sabab bo‘lgan sudyaga chora ko‘rilgani, Sudyalar oliy kengashida bir qator yangi tayinlovlar amalga oshirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Kiritildi: 13:16 22.06.2024. O'qildi: 626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!