Sudanda vabodan vafot etganlar soni 348 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi.
Vabo epidemiyasi 9 shtatga tarqaldi va ularning umumiy soni 11 079 nafarga yetdi.
Shuningdek, 5 shtatda dang bezgagi gumon qilingani, shundan 2 kishi vafot etgani qayd etilgan.
Iyun oyining boshidan beri Sudanda yomg‘ir va suv toshqini kuzatildi, bu esa vabo tarqalishiga yordam beradi.
Sudan hukumati 12 avgust kuni vaboni epidemiya deb e’lon qildi.
Davom etayotgan urush va sog‘liqni saqlash tizimining samarasiz ishlashi sharoitida yuqumli kasalliklarning tarqalishi mamlakat aholisining ahvolini yanada og‘irlashtirmoqda.