Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Sud organlarini chinakam mustaqilligini ta’minlash va odil sudlovni ta’minlashda yana bir qadam

Sud organlarini chinakam mustaqilligini ta’minlash va odil sudlovni ta’minlashda yana bir qadam

Mamlakatimizda amalga oshirilgan va bugungi kunda yanada jadal davom etayotgan puxta o‘ylangan, rejali va odilona huquqiy siyosat natijasida Konstitusiyada belgilangan sud-huquq tizimiga, inson huquq va erkinliklariga oid normalarning alohida qonun hujjatlarida mustahkamlash orqali amaliyotda samarali qo‘llanilib kelinmoqda.

Prezidentimiz tomonidan 2020 yil 24 iyul kunida qabul qilingan “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6034-sonli Farmon sud organlarini chinakam mustaqilligini ta’minlash, odil sudlovni ta’minlashda asosiy o‘rin egallaydi, albatta.

Mazkur Farmon mamlakatimizda sud-huquq tizimini isloh qilish hamda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, tadbirkorlikning huquqiy kafolatini ta’minlashda yangi bosqichga o‘tishiga xizmat qiladi.

Farmonda muhim bandlardan biri hisoblanib, 2021 yil 1 yanvardan “jinoyat ishlarini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida ish yuzasidan qarorlarni tortishuv tamoyiliga rioya etgan holda taraflar ishtirokida qabul qilish tartibini belgilash, jinoyat ishining umumiy tartibda ko‘rib chiqilishiga to‘sqinlik qiluvchi omillarni tezkorlik bilan aniqlash va bartaraf etish imkonini beruvchi dastlabki eshituv bosqichini kiritish” belgilandi.

Jinoyat prosessual qonunchiligidan ma’lumki, sudya jinoyat ishi ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan yoxud tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash masalasini ko‘rib chiqish uchun ishni sudga yuborish to‘g‘risidagi qaror bilan qabul qilib olgach, ishni sudda ko‘rish uchun tayinlash yoki boshqacha qaror qabul qilish masalasini hal qilishda uning ixtiyorida yetti sutka muddat mavjud bo‘ladi.

Jinoyat ishini sudda ko‘rish uchun tayinlash bosqichida sudga berilgan vakolatlarning hajmidan qat’i nazar, bu bosqichning nazorat-tekshiruv mohiyati rasmiyatchilik xususiyatiga egadek, ko‘rinib qolgan edi.

Sud majlisini tayinlash bosqichi samaradorligining oshirilishi prosessual mablag‘larni iqtisod qilishga ko‘maklashishini, prosessning bu bosqichda ko‘chirilishi sud muhokamasida ish yuritishni murakkablashtiradigan masalalarni harajatlarini kamaytirgan holda hal etish imkoniyatini berishni e’tiborga olgan holda, ishni sud majlisiga tayyorlash bosqichini dastlabki eshituv institutini joriy etish yo‘li bilan jiddiy ravishda o‘zgartirish taklif etilmoqda. Mazkur mexanizmning joriy etilishi jinoyat sudlov ishini yuritishda tortishuv prinsipini samarali amalga oshirishga xizmat qiladi.

Ishni sudda ko‘rish uchun tayinlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida loyihada quyidagilar nazarda tutilmoqda:

JPKning mazkur bosqichda dastlabki eshituv o‘tkazilishini nazarda tutuvchi 395 va 396-moddalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish;

ish bo‘yicha dastlabki eshituv o‘tkazish tartibini nazarda tutuvchi yangi

491-bob bilan to‘ldirish. Xususan, dastlabki eshituvni o‘tkazish asoslari, tartibi va muddatlari, dastlabki eshituv natijalari bo‘yicha qabul qilinadigan prosessual hujjatning shakliga va mazmuniga taalluqli talablar nazarda tutilgan 4052–40514-moddalar bilan to‘ldirish. Bundan tashqari mazkur moddalarda dastlabki eshituvni o‘tkazish yakunlariga ko‘ra chiqarilgan ajrim ustidan shikoyat berish muddati va tartibi ham belgilangan.

Taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar orqali quyidagilarga erishish kutilmoqda:

sudga qadar bosqichlarga sud nazoratini joriy etishga, umuman, jinoyat sudlov ishini yuritishda sudning prosessual mavqeini jiddiy ravishda kuchaytirishga;

jinoyat ishini umumiy asoslarda ko‘rishga monelik qilayotgan sabablarni tezkor bartaraf etish imkoniyatini beruvchi qarorlar qabul qilish jarayonida taraflarning tortishuvi prinsipga (JPKning 25-moddasi) so‘zsiz rioya etilishiga;

sud muhokamasi chog‘ida faqat maqbul dalillardan foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratishga;

jinoyat prosessida shaxsning konstitusiyaviy huquqlariga rioya etilishini ta’minlashga va uning oldida belgilangan vazifalarni hal etishga;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 2 martda qabul qilingan PF–5953-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan «2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yichaharakatlar strategiyasini «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili»da amalga oshirishga doir davlat dasturi»ning 45-bandi hamda “Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020 yil 24 iyuldagi PF–6034-sonli Farmonining 2-bandining ijro etilishiga.

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, mazkur Farmon demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishdek ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimidagi islohotlar yo‘lida fuqarolarimizning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquq hamda erkinliklari himoyasini ta’minlashga va kafolatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgan. Bu konstitusiyaviy asoslar fuqarolarning sud idoralariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlab, sudya va sud xodimlarining o‘z vazifalariga bo‘lgan mas’uliyatini kuchaytiradi. Zero, davlat va jamiyatning obro‘si sud organlari va sudyalarning qonun normalariga qanchalik rioya qilishiga, ular qabul qilgan qarorlarning adolat me’yorlariga nechog‘lik mos kelishiga bog‘liqdir.

Jinoyat ishlari bo‘yicha

Buxoro shahar sudining sudyasi J.Tojiyev

Kiritildi: 23:32 14.08.2020. O'qildi: 2731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!