Rossiya Qurolli kuchlarining Ukrainadagi birlashgan qo‘shinlari guruhi qo‘mondoni, Bosh shtab boshlig‘i Valeriy Gerasimovning so‘zlariga ko‘ra, 2025 yil mart oyidan beri Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi 149 ta aholi punkti va 3,5 ming kvadrat kilometrdan ortiq hududni egallab olgan.
"Rossiya Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatmoqchi emas. Qo‘shinlar birlashgan guruhi tomonidan maxsus harbiy operasiya vazifalarini bajarish hujum harakatlarini olib borish bilan davom ettiriladi. Bugun kuz mavsumi uchun yo‘nalishlardagi qo‘shinlar guruhlari oldiga qo‘yilgan vazifalarni aniqlashtirib olamiz", – dedi general.
Uning ma’lum qilishicha, 2025 yil kuziga kelib Rossiya armiyasi anneksiya qilingan Lugansk viloyatining 99,7 foizini (60 kvadrat kilometrdan kamroq qismi Ukraina nazoratida qolmoqda), anneksiya qilingan Donesk viloyatining 79 foizini egallab olgan, shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatining 76 va 74 foiz qismini nazorat qilmoqda.
"Rossiya harbiylari chegara bo‘ylab “xavfsizlik zonasi” yaratish vazifasini muvaffaqiyatli bajarmoqda. Xususan, Sumi viloyatida 210 kvadrat kilometr hudud va 13 ta aholi punkti Rossiya qo‘shinlari nazoratiga o‘tgan. Dnepropetrovsk viloyatida esa yettita aholi punkti Rossiya nazorati ostida. Xarkiv viloyatuda Rossiya qo‘shinlari Kupyansk shahrini deyarli to‘liq qamal qilgan", — deya qo‘shimcha qildi Rossiya Bosh shtabi boshlig‘i.