NATO Ukrainaga ko‘p yillik harbiy yordam dasturini va Ukraina-NATO kengashini tuzishni ma’qulladi.
Bu haqda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg NATOning Vilnyusdagi sammitining birinchi kuni yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, ittifoqchilar Ukrainani alyansga yaqinlashtirish uchun elementlar to‘plami bo‘yicha kelishib olgan.
Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, birinchi element Ukraina mudofaa va xavfsizlik sektorini qayta tiklashga ko‘maklashuvchi ko‘p yillik dastur bo‘lsa, ikkinchisi yangi Ukraina-NATO kengashini tashkil etishdir.
Uning qo‘shimcha qilishicha, Ukraina alyansning barcha a’zolarining bir ovozdan qabul qilgan qarori bilan va barcha shartlar bajarilsa, NATOga taklif qilinadi.