"NATO bosh kotibi lavozimini tark etayotgan norvegiyalik Yens Stoltenberg 2025 yilning fevralida germaniyalik Kristof Xoysgenning o‘rniga Myunxen xavfsizlik konferensiyasi rahbari etib tayinlanadi", deb yozadi Germaniyaning Der Spiegel nashri. Hozircha bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q.
Niderlandiyaning sobiq bosh vaziri Mark Ryutte 1 oktyabrdan boshlab NATOning yangi bosh kotibi lavozimini egallaydi.