Ukraina alyansning barcha a’zolarining bir ovozdan qarori bilan va barcha shartlar asosida NATOga taklif qilinadi. Bu haqda harbiy blok bosh kotibi Yens Stoltenberg Vilnyusdagi sammitda aytib o‘tdi.
"Biz uch elementdan iborat juda jiddiy qo‘llab-quvvatlash paketini qabul qildik. Ittifoqchilar buning uchun shartlar bajarilganiga qaror qilganda, Ukrainani ham taklif qilishimiz mumkin", - deya uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Stoltenberg bunday ehtimoliy taklif uchun hech qanday muddat haqida gapirmadi.