Bugun 22 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

SSV: Yurtimizda davlat-xususiy sheriklik asosida yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

A A A
SSV: Yurtimizda davlat-xususiy sheriklik asosida yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazlari tashkil etiladi

Poytaxtimizda Cog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekiston reproduktiv tibbiyot assosiasiyasining “Reproduktiv texnologiyalar – yangi hayotga yo‘l” mavzusidagi I kongressi ish boshladi.

Anjumanda dunyoning 15 ta davlatidan qariyb 100 nafar olimlar, ekspertlar va investorlar ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash lozimki, yurtimizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh etish va uning rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilyapti.

Yurtimizda mazkur yo‘nalishda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan birga, 62 ta perinatal markaz, 14 ta skrining va reproduktiv salomatlik markazlari, shahar va tumanlarda 400 dan ziyod tug‘uruq va bolalar muassasalari xizmat ko‘rsatmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqan Sog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektor ulushi yildan yilga ortib borayotganini e’tirof etdi.

— Ilgari reproduktiv tibbiyot yo‘nalishida davlat va xususiy sektor hamkorligi yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan edi, — dedi vazir. — Vaholanki, bugun yurtimizda akusherlik va ginekologiya, pediatriya, reproduktologiya bo‘yicha 1500 dan ziyod xususiy tibbiyot tashkilotlari faoliyat olib bormoqda.

Xususan, yordamchi reproduktiv texnologiyalar asosida xizmat ko‘rsatuvchi 10 dan ziyod klinikalarning 6 tasi chet el investorlari ishtirokida tashkil qilingan.

Biz kelgusida ushbu muassasalar imkoniyatlaridan samarali foydalanish, sohaga investisiyalarni yanada keng jalb qilish maqsadida 15 ta perinatal markaz va 3 ta respublika darajasidagi tug‘uruq muassasalarida davlat-xususiy sheriklik asosida “Yordamchi reproduktiv texnologiyalar markazlari”ni tashkil etmoqchimiz.

A.Inoyatov so‘zini davom ettirib, xalqaro vakillar va mahalliy mutaxassislarga o‘zaro hamkorlik bo‘yicha qator takliflar bildirdi.

Jumladan, xususiy tug‘uruq komplekslarini barpo etishga chaqirib, u yerda ko‘rsatilgan xizmatlarni davlat tomonidan sotib olinishiga kafolat berilishini ta’kidladi.

Kongressda klinik reproduktologiya, andrologiya, embronologiya va reproduktiv genetikaning asosiy masalalari plenar va seksiya yig‘ilishlari, mahorat maktablari, trening va davra suhbatlarida onlayn va oflayn tarzda muhokama qilinmoqda.

Kiritildi: 16:36 28.04.2023. O'qildi: 1111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!