EKG, UTT, MRT, rentgen... Bugun shu kabi qurilmalarsiz kasalliklarga aniq va tezkor tashxis qo‘yish imkonsiz. Qolaversa, zamonaviy muolaja usullari, murakkab operasiyalarni ham tibbiy texnologiyalarsiz bajarib bo‘lmaydi. (https://telegra.ph/file/ec86c1dadabe431991f90.png)
Jonlantirish bo‘limidagi bemorlar umriga umr qo‘shib turgan, ularga eng muhim hayotiy ne’mat — nafas ulashayotgan vositalar ham shular — tibbiyot uskunalari...
Xo‘sh, shunday sharoitda shifoxona bir kun, bir soat, qo‘yingki, 10 daqiqa elektr ta’minotidan butunlay uzilib qolishi qanday og‘ir oqibatlarga olib kelishini tasavvur qila olasizmi?
Bunday noxush holatlarga yo‘l qo‘ymaslik, ularning oldini olish uchun davlatimiz, hukumatimiz doimiy harakatda.
Xususan, Prezidentimizning 2023 yil 16 fevraldagi tegishli qarori ijrosi doirasida joriy yilda jami 1 789 ta sog‘liqni saqlash muassasasiga 18 483 kVt quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Bu borada belgilangan vazifalar izchil bajarilmoqda. Muqobil energiya manbalarini kechiktirmay o‘z manzillariga yetkazish va ishga tushirish choralari ko‘rilyapti.
Jumladan, yil boshidan buyon respublika hamda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan 1727 ta tibbiyot ob’ektiga 19 581 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatildi.