Yangi O‘zbekiston tibbiyotini dunyoning rivojlangan davlatlari darajasiga olib chiqish — ustuvor maqsad. Bunga erishish uchun xalqaro standartlarga mos kadrlar zarur. Chunki soha transformasiyasida ilg‘or tashabbuslar, kreativ yondashuvlar, innovasion uslublarning ahamiyati katta.
📋 Prezidentimizning 2020 yil 3 dekabrdagi qarori asosida Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutining tashkil etilishidan ko‘zlangan asosiy maqsad shu edi.
📌 Ya’ni bu orqali sog‘liqni saqlash, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi borasida yuqori malakaga ega oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash, xodimlarni kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish hamda tibbiyot tashkilotlari, jumladan, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini professional mutaxassislar bilan to‘la ta’minlash rejalashtirilgan edi.
🟢 O‘tgan davrda institut jamoasi tomonidan bu borada ko‘lamli ishlar amalga oshirildi va salmoqli natijalar qo‘lga kiritildi.
📊 Ayni paytda muassasada 5 ta fakultet, 29 ta kafedra, 9 ta bakalavriat yo‘nalishi, 11 ta magistratura hamda 37 ta ordinatura mutaxassisligi bo‘lib, ularda jami 6 mingdan ziyod talabalar tahsil olmoqda. Ularga 318 nafar yuqori malakali professor-o‘qituvchi saboq berib kelayotir.
🏢 Institut jamoasi erishayotgan yutuqlar haqida gapirishdan oldin bunga asos bo‘lgan tashkiliy chora-tadbirlar xususida to‘xtalish o‘rinli. Avvalo, institut moddiy-texnik bazasini mustahkamlash maqsadida uning zamonaviy qiyofaga ega bo‘lgan 2 ta kampusi barpo etildi.
☑️ Birinchi kampus tarkibidan konferensiyalar zali, 2 ming o‘rinli 3 ta 4 qavatli o‘quv binosi, sport maydoni, simulyasiya markazi, ilmiy laboratoriya hamda oshxona o‘rin olgan.
✅ Ikkinchi kampusni ishga tushirish uchun esa 20 milliard so‘mlik mablag‘ sarflandi. Natija shunga yarasha bo‘ldi. Bugun institut talabalari bu yerda barpo etilgan 300 o‘rinli konferensiya zali, 3 qavatli o‘quv binosi, voleybol, futbol va basketbol maydoni, 150 kishilik yozgi amfiteatr, shuningdek, 300 o‘rinli oshxonadan foydalanib kelmoqda.
🇺🇸 Institutdagi muhim yangiliklardan yana biri sifatida 2022 — 2023 o‘quv yilidan boshlab AQShning USMLE (United States Medical licencing examination) dasturi asosida “Davolash ishi” yo‘nalishi ochilganligi va unda 3 ming talaba tahsil olayotganligini keltirish mumkin.
🔎 Muhimi, institut O‘zbekiston bo‘yicha AQShning qator tashkilotlari tomonidan ro‘yxatga olingan va tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan hamda USMLE dasturi asosida o‘qitayotgan OTM hisoblanadi. Bu o‘quv yurti diplomi AQShda ham tan olinadi, deganidir.
🇩🇪 Shuningdek, ushbu muassasa 2024 yil noyabr oyidan Germaniyaning ZAB tashkiloti tomonidan Germaniyada diplomi tan olinadigan oliy ta’lim muassasasi sifatida e’tirof etildi. Endilikda institut bitiruvchilari diplomi Germaniyada ham tan olinadi.
⏩ Bundan tashqari, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot institutida Birlashgan Arab Amirliklarining Gulf medical university hamkorligida “Doctor of medicine” (terapiya) mutaxassisligi bo‘yicha 4 yillik magistratura qo‘shma ta’lim dasturi joriy etildi.
💵 Shunga muvofiq har yili 100 nafar magistrant BAA tomonidan berilgan diplomni olib, Farg‘onada o‘qiydi. Bu yiliga qo‘shimcha 500 ming dollar sarmoya kirib keladi, deganidir.
📚 Institut jamoasining sa’y-harakati bilan 3 darslik, 89 o‘quv qo‘llanmasi va 67 monografiya tayyorlanib, chop etildi.
➡️ Tabiiyki, oliy o‘quv yurti talabalari ham qolishayotgani yo‘q. Ular fan olimpiadalarida o‘zlarnini ko‘rsatib kelishayotir. Agar 2021 yilda jami 11 ta talaba fan olimpiadalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2022 yili 15, 2023 yili 65, 2024 yili esa 72 nafar talaba xalqaro va respublika olimpiadalarida g‘alabaga erishdi.
📆 O‘tgan 4 yil mobaynida 10 ga yaqin Prezident va nomdor stipendiyalar g‘oliblari yetishib chiqqani ham tahsinga loyiq.
‼️ Aytish joizki, institutga xorijiy talabalar sonidan kelib chiqib, har yili 5 mln. AQSh dollari miqdorida investisiya kiritib kelinmoqda va bu mablag‘lar oliy o‘quv yurti salohiyatini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilyapti.
Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.