Joriy yilning 23-28-iyul kunlari olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Denov va Urganch dzyudo sport mahorati maktablari hamda Respublika velosport mahorat maktab-internatlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, bugun Respublika velosport mahorat maktab-internatiga kirish uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar bo‘lib o‘tmoqda.
Imtihon natijalarini kiritish onlayn “ERP sport” yagona elektron boshqaruv tizimi orqali baholanmoqda hamda jarayonlar shaffofligini ta’minlash maqsadida ota-onalar uchun ushbu havola orqali jonli translyasiya qilinmoqda.