Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

"Spark" ekologiya kameralari markazida: Yangiyo‘lda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzar jarimaga tortildi

A A A
"Spark" ekologiya kameralari markazida: Yangiyo‘lda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan huquqbuzar jarimaga tortildi


Toshkent viloyati, Yangiyo‘l shahri, "Navro‘z" MFY hududida chiqindi tashlash bilan bog‘liq navbatdagi huquqbuzarlik sodir bo‘ldi.

Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi.

Viloyat Ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan holat o‘rganilganida 1993-yilda tug‘ilgan fuqaro X. A. davlat raqami "01 Z 137 YB" bo‘lgan "Spark" rusumli avtotransport vositasida belgilanmagan hududga noqonuniy chiqindi tashlangani aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi, 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. X. A. 990 000 so’m miqdorida jarimaga tortildi.

Kiritildi: 22:24 15.08.2023. O'qildi: 1748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!