Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Soxta "telegram bot" orqali mablag‘larni talon-toroj qilgan jinoyatchi qo‘lga olindi

Soxta "telegram bot" orqali mablag‘larni talon-toroj qilgan jinoyatchi qo‘lga olindi

Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi 30 yoshli SH.N. bank kartasidan bir million so‘mdan ortiq pullari noma’lum tarzda yechib olinganligini ma’lum qilgan.

O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, ushbu jinoyatni Namangan viloyati, Davlatobod tumanida yashovchi 24 yoshli I.A. sodir etganligi aniqlandi.

Tezkor-tadbirlar natijasida I.A. "Telegram" messenjerida "Pullaringizni “Aqcha-Bot” orqali ikki baravar ko‘paytiring" mazmunidagi havolalarni tarqatib, o‘zi yaratgan "Telegram bot" orqali jabrlanuvchilarning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan va pullarni o‘zlashtirgan.

Jinoyat sodir etgan I.A. O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qonunga muvofiq, I.A. tomonidan sodir etilgan jinoiy harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 15:17 29.03.2023. O'qildi: 1568 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!