Bugun 3 may, 2025 yil, shanba

КИР

Soxta pulga aldanib qolmang

Soxta pulga aldanib qolmang

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda Taxiatosh tumanida qalbaki pul birliklarini aylanmaga kiritmoqchi bo‘lgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

Tezkor tadbir davomida fuqaro 200, 100, 50 va 20 minglik kupyuradagi jami 7 million 500 ming qalbaki o‘zbek so‘mini 2 million 500 ming haqiqiy o‘zbek so‘mi kupyurasiga sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.

Tadbir davom ettirilib, mazkur fuqaro ko‘rsatmasiga asosan, ushbu jinoyatga aloqadorlikda gumon qilingan shaxslar xonadonlari ko‘zdan kechirilganida, qalbaki pul birliklarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan noutbuk, rangli printer, turli xil o‘lchamdagi qaychi va boshqa buyumlar ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Mazkur holat yuzasidan boshqarma tomonidan 8 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Kiritildi: 11:05 20.04.2025. O'qildi: 1137 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!