Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

"Soxta havola" orqali sodir etilgan kiberjinoyat aniqlandi

A A A
"Soxta havola" orqali sodir etilgan kiberjinoyat aniqlandi

Xorazm viloyatida yashovchi 52 yoshli (ayol) X.S. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 15.150.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi E.J. sodir etganligi aniqlandi.

Unga ko‘ra, E.J. Internet foydalanuvchilariga telegram messenjeri orqali “Siz bonus yutdingiz” mazmunidagi yolg‘on e’lonlar ostida soxta havola jo‘natib kelgan. Bu e’longa ishongan (ayol) X.S.ning bank karta ma’lumotlarini qo‘lga kirib, ikkinchi foydalanuvchi sifatida ulanib olgan va uning hisobidagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olib, o‘z ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan E.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Kiritildi: 17:15 27.05.2024. O'qildi: 1000 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!