Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

​Soxta 50 000 talik pullarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

​Soxta 50 000 talik pullarni muomalaga kiritmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro E.S. qalbaki 1 mln 550 ming so‘mni fuqaro S.X.ga o‘tkazgan vaqtida jinoyat ustida ushlangan.

Ushbu qalbaki kupyuralarni fuqaro E.S. tanishi O.O. bilan oldindan til biriktirib, kompyuter va rangli printerdan foydalangan holda tayyorlab kelayotganligi aniqlanib, jami 5 mln so‘m bo‘lgan 50 000 so‘mlik qalbaki kupyuralar va boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan E.S. va O.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 09:36 25.02.2020. O'qildi: 1986 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!