Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Soliq qo‘mitasi ikki bankni rasman ogohlantirdi

Soliq qo‘mitasi ikki bankni rasman ogohlantirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda to‘lov topshiriqnomalarini yuborishda muammolar yuzaga kelayotganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Shu munosabat bilan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Joriy yilning sentyabr oyida ayrim tijorat banklari yangi axborot tizimidan foydalanishga o‘tgan va bu haqda Soliq qo‘mitasini xabardor qilmagan.

Bank dasturchilari yangi tizimga o‘zgartirishlar kiritayotgani sababli, ba’zi to‘lov topshiriqnomalari bajarilmagan.

Masalan, shu oy boshidan Tenge bank 2 439 ta topshiriqnomadan 413 tasini va Kapitalbank 4 287 ta topshiriqnomadan 740 tasini bajarmasdan qaytargan.

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tomonidan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmayotgan har ikkala bank kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va buning uchun Soliq kodeksida belgilangan javobgarlik choralari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.

Kiritildi: 13:50 19.09.2024. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!